Янгиликлар
Jamoa kelishuvlarining o‘zaro nisbati va ichki hujjatlar bilan o‘zaro nisbati
Jamoa kelishuvlarining o‘zaro nisbati va ichki hujjatlar bilan o‘zaro nisbati
Tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlariga xodimlarning holatini bosh jamoa kelishuviga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritish taqiqlanadi.
Tarmoq va hududiy jamoa kelishuvlari qoidalarida tafovutlar mavjud bo‘lgan hollarda, qaysi jamoa kelishuvi xodim uchun qulayroq shart-sharoitlarni o‘z ichiga olgan bo‘lsa, o‘sha kelishuv qoidalari qo‘llaniladi.
Ichki hujjatlarda xodimlar uchun ularga nisbatan amal qilishi tatbiq etiladigan jamoa kelishuvlarida belgilanganiga nisbatan qo‘shimcha mehnat huquqlari va kafolatlari nazarda tutilishi mumkin.
Ichki hujjatlarga xodimning holatini jamoa kelishuvlariga nisbatan yomonlashtiruvchi qoidalarni kiritish taqiqlanadi.
Piskent tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
Bosh maslahatchisi R.Mavlanov