Янгиликлар
Tug‘ilishni qayd etish tartibi va muddatlari qancha?
Tug‘ilishni qayd etish tartibi va muddatlari qancha?
O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 205-moddasiga asosan Bolalarning tug‘ilishini qayd etish majburiy bo‘lib, bolalar tug‘ilgan joyidan yoxud ota-onasidan biri doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan joyidan qat’i nazar, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida bir oy ichida amalga oshirilishi lozim.
Bolaning o‘lik tug‘ilganligi, tibbiy muassasaning xabariga binoan 24 soat davomida shu muassasa joylashgan yerdagi fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan qayd etiladi.
Nurafshon shaxar Adliya bo’limi YXKM bosh yuriskonsulti B.Jumaboyev