Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

MAISHIY ISTE’MOLCHILARNI 20 KVTGACHA BO‘LGAN ELEKTR TARMOQLARIGA ULASH DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI ORQALI BERILADI!!!


MAISHIY ISTE’MOLCHILARNI 20 KVTGACHA BO‘LGAN ELEKTR TARMOQLARIGA ULASH DAVLAT XIZMATLARI MARKAZI ORQALI BERILADI!!!

Bugungi kunda, aholining ijtimoiy muhofaza qilish va fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir qator qonun hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil             31-avgust kunidagi “Yuridik va jismoniy shaxslarni elektr tarmoqlariga ulash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 555-son Qarorining 1-ilovasi 2-bandiga muvofiq elektr tarmoqlariga ulanayotgan iste’molchilarga ularning yangi va rekonstruksiya qilinayotgan elektr qurilmalarini, shuningdek, ulangan quvvati oshmasdan elektr ta’minoti sxemasi o‘zgarganda, elektr ta’minoti ishonchliligi toifasi va ulanish nuqtalari o‘zgartirilayotganda tatbiq etilishi nazarda tutilgan.

Mazkur reglamentga muvofiq ariza beruvchi davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazlariga o‘zi kelib murojaat qilishi mumkin.

Agar ariza beruvchi davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalangan taqdirda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tishi va YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda mustaqil ravishda ushbu Reglamentga 3-ilovaga muvofiq shakldagi so‘rovnomani elektron tarzda to‘ldirishi belgilangan.

Bunda iste’molchilardan Reglamentga 3-ilovada ko‘rsatilmagan ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Shuningdek, mazkur reglamentning 19-bandiga muvofiq ulanadigan quvvati 20 kVtgacha bo‘lgan iste’molchilarni elektr tarmoqlariga ulash uchun elektr ta’minoti loyihasini ishlab chiqish talab etilmasligi, bunda hududiy elektr tarmoqlari korxonasi tomonidan ishlab chiqilgan elektr tarmoqlariga ulash sxemasi elektr ta’minoti loyihasi hisoblanishi va uni kelishish talab etilmasligi qay etilgan.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolar tomonidan o‘zlari yashab turgan tuman(shahar) davlat xizmatlari markaziga murojaat etishlari yoki davlat xizmatlaridan elektron tarzda foydalanish uchun YIDXPda ro‘yxatdan o‘tishlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

 

Qibray tumani adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazi Hujjatlarni taqdim etish va qabul qilish sho‘basi boshlig‘i Abdusattorov Jaxongir Jalolovich