Янгиликлар
Xorijdan boj toʻlovisiz qancha tovar olib kelish mumkin?
Xorijdan boj toʻlovisiz qancha tovar olib kelish mumkin?
Jismoniy shaxs tomonidan respublikaga olib kiriladigan, bojxona toʻlovlariga tortilmaydigan tovarlarning chegaralangan normalari quyidagilardan iborat:
· Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro aeroportlari bojxona chegaralari orqali olib oʻtishda — 2 000 (ikki ming) AQSh dollari;
· Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining temir yoʻl va daryo bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
· Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegaralarining avtoyoʻl (piyoda) bojxona chegaralari oʻtish punktlari orqali olib oʻtishda — 300 (uch yuz) AQSh dollari;
· xalqaro kurerlik joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — bir kalendar chorak mobaynida 1 000 (bir ming) AQSh dollari;
· xalqaro pochta joʻnatmalari orqali jismoniy shaxslar nomiga kelayotgan tovarlar uchun — 100 (yuz) AQSh dollari.
Shuningdek, bojxona deklaratsiyasini taqdim etmagan holda respublikadan jismoniy shaxslar tomonidan olib ketiladigan tovarlarning cheklangan normalari 5 000 (besh ming) AQSh dollari miqdorida.
Nurafshon shahar adliya bo‘limi
YuXKM bosh yuriskonsulti B.Jumaboyev