Янгиликлар
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni tashlaganlik uchun belgilangan javobgarlik mavjud
Belgilanmagan joylarga qattiq maishiy chiqindilarni tashlaganlik uchun belgilangan javobgarlik mavjud
Oʻzbekiston Respublikasining “Chiqindilar toʻgʻrisida”gi Qonunning maqsadi chiqindi bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Ko‘plab davlatlarda ekologik madaniyat va atrof-muhit muhofazasiga katta e’tibor beriladi. Tartib-qoidalarga rioya qilmagan fuqarolar jazolanadi.
Xalqimiz azaldan tozalikni qadrlaydi. Biroq baʼzi fuqarolar avtomobildan chiqindi uloqtirish, maxsus idishlar boʻlsa-da, axlatni yerga tashlash kabi ishlarni qiladi.
Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91(1)-moddasiga koʻra, belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash fuqarolarga 1-3, mansabdor shaxslarga
10-20 baravar bazaviy hisoblash miqdorida jarima solinadi.
Atrof-muhitni asrash barchamizning burchimiz. Salbiy holatlarga guvoh boʻlsangiz, munosabat bildiring yoki Ekologiya masʼullariga xabar bering!
Nurafshon shahar adliya bo‘limi
YuXKM boshlig‘i F.Nazarov