Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Hali tugʻilmagan bola merosxoʻr boʻlishi mumkinmi?


Hali tugʻilmagan bola merosxoʻr boʻlishi mumkinmi?

 

Meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan farzandlari merosxoʻr boʻli­shi mumkin.

Meros ochilgan paytda hayot boʻlgan fuqarolar, shuningdek, meros qoldiruvchining hayotlik paytida homila holida boʻlgan va meros ochilgandan keyin tirik tugʻilgan bolalari vasiyat va qonun boʻyicha merosxoʻr boʻlishlari mumkin.

Notarius meros qoldiruvchining vafot etganligini, meros mol-mulki tarkibi va uning joylashgan joyini, vasiyatnomaning mavjudligi, meros qoldiruvchi bilan merosxoʻrlarning qarindosh­lik munosabatini hamda qonun boʻyicha merosxoʻrlar doirasini aniqlaydi.

Shunga koʻra, chet eldagi merosxoʻrlarning roziligisiz ham meros guvohnomasini rasmiylashtirish mumkin, biroq bunda chet eldagi merosxoʻrning merosdagi ulushi ochiq qoldiriladi va u qaytib kelib, notariusga murojaat qilgan taqdirda ochiq qoldi­rilgan meros ulushiga nisbatan merosga boʻlgan qoʻshimcha gu­vohnoma beriladi.

 

Nurafshon shahar adliya bo‘limi

YuXKM bosh yuriskonsulti                                                   Sh.Qo‘ziyev