Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Mol-mulk boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to‘lash tartibi qanday?


Savol:

Mol-mulk boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to‘lash tartibi qanday?

Javob:

O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 230-moddasida mol-mulk boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olinganda daromadlar va xarajatlarni to‘lash belgilab qo‘yilgan. Unga ko‘ra: mulkdor mol-mulkini talab qilib olayotganida quyidagilarni ham talab qilib olishga haqlidir:

o‘z egaligining qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan shaxsdan (insofsiz egallovchi) ushbu shaxs mol-mulkka egalik qilgan butun vaqt davomida olgan yoki olishi lozim bo‘lgan barcha daromadlarni qaytarib berishni yoki to‘lashni;

insofli egallovchidan esa — u o‘zining egaligi qonuniy emasligini bilgan yoki bilishi lozim bo‘lgan paytdan boshlab yoxud mulkdorning mol-mulkni talab qilib olish haqidagi da’vosi bo‘yicha talab kelgan paytdan boshlab olgan yoki chiqarib olishi lozim bo‘lgan hamma daromadlarni.

O‘z navbatida insofli egallovchi ham, insofsiz egallovchi ham mol-mulkdan qancha vaqt davomida olingan daromad mulkdorga qaytarilishi kerak bo‘lsa, shuncha vaqt davomida mol-mulkka qilingan zarur xarajatlarini to‘lashni mulkdordan talab qilishga haqli.

Basharti, ashyoni yaxshilaydigan narsalarni ashyoga shikast yetkazmasdan ajratib olish mumkin bo‘lsa, insofli egallovchi mazkur narsalarni o‘zida qoldirishga haqli.

Agar bunday narsalarni ajratib olish mumkin bo‘lmasa, insofli egallovchi ashyoni yaxshilash uchun qilingan xarajatlarni talab qilib olish huquqiga ega, lekin bu xarajatlar ashyoga qo‘shilgan qiymatdan ko‘p bo‘lmasligi kerak.

 

 

 

 

Nurafshon shahar

adliya bo‘limi bosh maslahatchisi                                              S.Nuraliyev