Янгиликлар
O‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima intizomiy jajosini qo‘llash tartibi
O‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima intizomiy jajosini qo‘llash tartibi
Xodimga birdaniga o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima qo‘llanilishi mumkin. Agar ichki mehnat tartibi qoidalarida xodimga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima solinishi hollari nazarda tutilgan bo‘lsa, xodimga birdaniga o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda jarima ham qo‘llanilishi mumkin.
Ko‘pchilikda intizomiy jazolar ketma-ket qo‘llanilishi shart, degan noto‘g‘ri qarash bor. Ya’ni, birinchi marta nojo‘ya xatti-harakat sodir qilgan shaxsga hayfsan, so‘ng jarima va nihoyat mehnat shartnomasini bekor qilish kabi.
❗️Aslida, intizomiy jazolarni ketma-ket qo‘llash shart emas. Nojo‘ya xatti-harakatning og‘irligi, uni sodir qilish holatlari, xodimning xulq-atvorini hisobga olib, ish beruvchi istalgan turdagi intizomiy jazodan birini qo‘llashi mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi 313-moddasi 3-qismiga ko‘ra, intizomiy jazo chorasini tanlash huquqi ish beruvchiga tegishlidir. Intizomiy jazo chorasini qo‘llashda sodir etilgan qilmishning og‘ir-yengilligi, uning sodir etilishi holatlari, xodimning avvalgi ishi va xulq-atvori hisobga olinadi.
????Faqatgina o‘rtacha oylik ish haqining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda jarima solish hollari hamda mehnat vazifalarini bir marta qo‘pol ravishda buzishlarning ro‘yxati ichki mehnat tartibi qoidalarida nazarda tutilishi shart.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov