Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bilishingiz kerak bo‘lgan qoidalar


Ko‘chmas mulkni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda bilishingiz kerak bo‘lgan qoidalar

 

Birinchi qoida, "Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risida"gi qonunining 11-moddasiga asosan binolarga, inshootlarga, shuningdek qurilishi tugallanmagan ob’ektlarga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ushbu ko‘chmas mulk joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Ya’ni siz mazkur mulkning yer uchaskasini avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazib olishingiz lozim.

Ikkinchi qoida, binoning bir qismiga (kvartiralarga, xonalarga) bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish ular joylashgan binoga bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmaguniga qadar amalga oshirilmaydi.

Masalan, siz yangi qurilagan kvartiradan sotib olmoqchisiz ammo kvartira joylashgan butun bino hali davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan bo‘lsa, siz kvartiraga nisbatan kadastr xujjatini rasmiylashtira olmaysiz.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov