Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Umumiy mulk bo‘lgan merosni taqsimlash


Umumiy mulk bo‘lgan merosni taqsimlash

 

Meros masalasida shaxs vafitidan keyin merosxo‘rlar o‘rtasida turli nizolar paydo bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1114-moddasiga muvofi q, umumiy birgalikdagi mulk ishtirokchisining o‘limi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqdagi uning ulushini aniqlash va taqsimlash yoxud vafot etgan ishtirokchining ulushini ajratish uchun asos bo‘ladi.

Bu holda meros vafot etgan ishtirokchining ulushiga to‘g‘ri keladigan umumiy mol-mulkka nisbatan ochiladi. Ya’ni birinchi navbatda umumiy mol-mulkni notarius tomonidan bo‘linishi kerak bo‘ladi.

Bunda merosni taqsimlash hayot bo‘lgan shaxsning umumiy mol-mulkdagi ulushiga emas, vafot etgan shaxsning ulushiga qaratiladi. Ya’ni masalan, umumiy mol mulk ikkita 2 xonali uy bo‘lsa, notarius umumiy birgalikdagi mulkni 50/50 foizida bo‘lib beradigan bo‘lsa birinchi ikki xona uy hayot bo‘lgan umumiy ulishdagi shaxsda qoladi va meros ob’ektiga kiritilmaydi, merosxo‘rlarga esa merosdan ulush vafot etgan shaxsga tegishli ikkinchi 2 xonali uydan taqsimlanadi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov