Янгиликлар
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda ogohlantirish muddatiga qaysi davrlar kirmaydi?
Mehnat shartnomasini ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra bekor qilishda ogohlantirish muddatiga qaysi davrlar kirmaydi?
Mehnat kodeksining 165-moddasi 5-qismiga asosan Hodimni ogohlantirish muddatiga xodimning vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik davrlari, shuningdek uning davlat yoki jamoat majburiyatlarini bajargan vaqti kiritilmaydi. Masalan, ish beruvchining tashabbusiga ko‘ra xodim ogohlantirilmoqda masalan siz shtatlar qisqarishi, xodimni malakasi yetarli bo‘lmasligi va yoki boshqa sabablar bilan xodimni ikki oy oldin ogohlantirdingiz xodim shu vaqtda kasal bo‘lib 15 kun mehnatga qobiliyatsiz bo‘lib qoldi. Siz bunday vaziyatda xodim bilan mehnat shartnomasini 2 oy 15 kundan so‘ng bekor qilishingiz mumkin. Chunki 15 kunlik ogohlantirish muddati ogohlantirish muddatiga qo‘shilmaydi.
Davlat va jamoat majburiyatiga nimalar kiradi? Saylov huquqini amalga oshirish, deputatlik vazifalarini, shuningdek o‘z vakolatlarini ishlab chiqarishdan yoki xizmat faoliyatidan ajralmagan holda amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosining vazifalarini bajarish, tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ishida ishtirok etish, harbiy majburiyatlarni bajarish, tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organga, surishtiruvchiga, tergovchiga, prokurorga yoki sudga guvoh, jabrlanuvchi, ekspert, mutaxassis, tarjimon, xolis sifatida ishtirok etish, sud majlislarida xalq maslahatchisi, jamoat ayblovchisi va jamoat himoyachisi, jamoat birlashmalari va mehnat jamoalarining vakili sifatida ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) huzuridagi Insonning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya faoliyatida ishtirok etish kabi faoliyatlar kiradi. Biroq ta’til davri ogohlantirish muddatini to‘xtatish uchun asos bo‘lmaydi. Masalan, ogohlantirishning boshida xodim mehnat ta’tiliga chiqib ketdi 24 kalendar kunga. Bu davrda ogohlantirish muddati to‘xtamaydi o‘tishda davom etadi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov