Янгиликлар
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar quydagi holatlarda 100 foiz to‘lanishi kerak?
Vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar quydagi holatlarda 100 foiz to‘lanishi kerak?
Fuqaro murojaati: 1.5 oy bolnichniyda edim. Meni 3 ta 16 ëshiga yetmagan farzandim bor. Menga 100% ish xaki xisoblanadimi? Tashkilotimiz xisobchisi 80% xisobliman 100% tulansin degan karor yukligini aytmoqda
Javob: Vazirlar Mahkamasining qarori, 28.02.2002 yildagi 71-sonli qaroriga aosan vaqtinchalik mehnatga layoqatsizlik bo‘yicha nafaqalar quydagi holatlarda 100 foiz oylik hisobida to‘lanadi.
Ikkinchi jahon urushi qatnashchilaridan bo‘lgan xodimlarga, baynalmilalchi jangchilarga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, qaramog‘ida 16 yoshga (o‘quvchilar uchun — 18 yosh) to‘lmagan uch nafar va undan ko‘p farzandi bo‘lgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda qatnashgan xodimlarga, Chernobil AESdagi avariya natijasida radioaktiv ifloslanish zonasidan evakuatsiya qilingan va ko‘chirilgan qon hosil qiluvchi organlar kasalliklari (o‘tkir leykoz), qalqonsimon bez (adenoma, rak) va xavfli o‘smalar bilan bog‘liq kasalliklarga chalingan xodimlarga, yadro poligonlarida va boshqa radiatsiya-yadro ob’ektlarida harbiy xizmatni o‘tagan pensiya yoshidagi nogironligi bo‘lgan xodimlarga, shuningdek xodim ishda shikastlanish va kasb kasalliklari oqibatida vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo‘qotganda — oylik ish haqining to‘liq miqdorida;
❗️ Ya’ni sizning 16 yoshga (o‘quvchilar uchun — 18 yosh) to‘lmagan uch nafar farzandingiz borligi uchun sizga 100 foiz shaklda to‘lanishi kerak.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov