Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi holatlarda pul undirilmaydi


Kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda quyidagi holatlarda pul undirilmaydi

 

a) kadastr pasportini rasmiylashtirishda:

???? ko‘chmas mulk ob’ekti bo‘yicha birlamchi kadastr yig‘majildi (pasporti) mavjud bo‘lib, begonalashtirilganda yoki ob’ektda o‘zgarishlar (rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish) mavjud bo‘lmaganda;

???? ko‘chmas mulk ob’ektining bir qismi begonalashtirilganda ob’ektning qolgan qismiga;

???? rekonstruksiyasiz toifasi o‘zgarganda;

???? kadastr yig‘majildi (pasporti) yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda va ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan);

???? qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk ob’ektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hollar bundan mustasno);

b) ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda:

???? fuqaroning familiyasi, ismi va otasining ismi o‘zgarganda;

???? avval davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, amalda bo‘lgan ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma berilgan yoki huquqni belgilovchi hujjatga ustxat yozish yo‘li bilan tasdiqlangan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni elektron tarzda davlat reestriga kiritish va reestrdan ko‘chirma berish;

???? qonunchilik hujjatlariga muvofiq aholi punktlarining nomlanishi va chegaralari o‘zgarganda, shu jumladan, bir hududdan boshqa hududga o‘tkazilganda (turar yoki noturar ko‘chmas mulk ob’ektida rekonstruksiya, qo‘shimcha va alohida qurilish mavjud bo‘lgan hamda huquq boshqa shaxsga o‘tgan hollar bundan mustasno);

???? tadbirkorlik sub’ekti — yuridik shaxsning tashkiliy-huquqiy shakli va (yoki) firma nomi o‘zgarganda.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov