Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

O‘rindoshlik asosida ishlash uchun asosiy ish joyimdagi kadrning rozilishi kerakmi?


O‘rindoshlik asosida ishlash uchun asosiy ish joyimdagi kadrning rozilishi kerakmi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 432-moddasiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlash xodimning o‘zining asosiy ishidan tashqari alohida mehnat shartnomasi shartlari bo‘yicha asosiy ishidan bo‘sh vaqtida boshqa muntazam haq to‘lanadigan ishni bajarishidir.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 434-moddasida ko‘ra, boshqa ish beruvchiga (asosiy ish joyidan tashqari) o‘rindoshlik asosida ishga kirayotgan shaxslar taqdim etishi shart bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati keltirilgan. Unga ko‘ra asosiy ish joyidan O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shakl bo‘yicha ma’lumotnoma taqdim qilinishi kerak bo‘ladi. Siz mana shu ma’lumotnomani o‘rindoshlik asosidagi ish joyingizda tadqim qilishingiz shart

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 18-oktabrdagi 297-son qaroriga ilova “O‘rindoshlik asosida hamda bir necha kasbda va lavozimda ishlash tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 6-bandiga ko‘ra, o‘rindoshlik asosida ishlash uchun ish beruvchining, asosiy ish joyidan kasaba uyushmasi qo‘mitasining (xodimlarning boshqa vakillik organining) yoki boshqa organning roziligi talab qilinmaydi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov