Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat to‘lab beradimi?


Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini davlat to‘lab beradimi? ​

 

Ha to‘lab beriladi buning tartibi bor. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 20-sentyabrdagi 515-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga ko‘ra, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi quyidagicha belgilangan:​

Nafaqa tayinlash:

???? Byudjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda oxirgi olti oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasi davlat byudjeti hisobidan to‘lanadi.

???? Nafaqa miqdori xodimning farzandi tug‘ilgunga qadar minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari miqdorida belgilanadi.

???? Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

Nafaqa to‘lash:

???? Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan keyin 5 ish kuni ichida mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan "Tibbiyot" axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar "Yagona reestr" tizimiga yuboriladi.

???? "Yagona reestr" tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib, asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi.​

???? Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Agar plastik karta mavjud bo‘lmasa, oyning 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.

Izoh: Bugungi holatga minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari 2 676 000 so‘mni tashkil qiladi

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov