Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Xususiy korxonalar xodim ishdan bo‘shaganda hisob kitob pulini to‘lab berishi shart emasmi?


Xususiy korxonalar xodim ishdan bo‘shaganda hisob kitob pulini to‘lab berishi shart emasmi?

 

O‘zbekiston respublikasi Mehnat kodeksining 19-moddasiga ko‘ra, mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar, tashkilotlar ish beruvchi sifatida ish yuritishi mumkinligi belgilangan. Ya’ni mazkur mehnat kodeksi mulkchilik shaklidan va idoraviy mansubligidan qat’i nazar barchaga birdek amal qiladi va unda o‘rnatilgan majburiyatlar barcha tashkilotlarga tegishli, garchi ular xususiy bo‘lsa ham.

O‘zbekiston respublikasi Mehnat kodeksining 172-moddasiga asosan Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.

Hisob-kitob xodimga:

???? oxirigacha olinmagan ish haqini;

???? xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;

???? agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga olishini belgilangan.

Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda ish beruvchi tomonidan unga yuqoridagi 3 turdagi pullar to‘lab berilishi kerak.

Bu pullar qachon to‘lanishi kerak?

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Ya’ni xodim ishdan bo‘shayotganda xususiy yoki davlat korxonasida, korxonada ishlashidan qat’i nazar yuqorida keltirilgan to‘lovlar to‘lanishi shart.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov