Янгиликлар
Pensiyani hisoblash uchun necha yillik ish haqi hisoblanadi?
Pensiyani hisoblash uchun necha yillik ish haqi hisoblanadi?
????“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 25-moddasiga asosan pensiya miqdori ish stajining muddatiga bog‘liq bo‘lib, quyidagilardan tarkib topadi:
• pensiyaning tayanch miqdoridan; • ish staji uchun pensiyaning oshirilishidan;
• pensiyaga qo‘shiladigan ustama haqlardan.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 13.10.2022 yildagi 592-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, ish haqi hisoblangan ish haqi summasidan olinadi.
Ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qat’i nazar, oxirgi o‘n yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni so‘rab murojaat etgan kishining tanlovi bo‘yicha) oylik ish haqi olinadi.
Pensiya tayinlash uchun murojaat qilgan shaxs tomonidan pensiya tayinlash uchun taqdim etilgan arizada ushbu bandning birinchi xatboshi talablaridan kelib chiqqan holda u tanlagan besh yillik davr ko‘rsatiladi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov