Янгиликлар
Undiruvga qaratilgan garovdagi ob’ektning soliqqa tortilishi va soliqning ki tomonidan to‘lanishi masalasi.
Undiruvga qaratilgan garovdagi ob’ektning soliqqa tortilishi va soliqning ki tomonidan to‘lanishi masalasi.
Juda ko‘p tadbirkorlarni qiynab keladigan masalalardan biri undiruvga qaratilgan mukka nisbatan mol mulk solig‘i bilan bog‘liq masala hisoblanadi. Bunday vaziyat qanday vujudga keladi. Bir fuqaroning murojaati bilan tushuntirishga harakat qilaman.
"Agrobank tomonidan noturar omborxona garov yevaziga qo‘yilib 500 mln so‘m kredit olganmiz. Kreditni pulini sherikchilik qilib biznesga tikdik. Biznes foydasidan kredit 78 mln so‘mini to‘ladik. Biznesda mashenniklarga uchrab qoldik va bankrot bo‘ldik. Yendi biz kreditni to‘la olmayabmiz. Bank garovdagi noturar omborxonani auksionga 422 mln so‘mga sotuvga qo‘ydi.Biz u omborxonadan mana 18 oydan beri foydalana olmayabmiz,omborxona darvozasiga katta qilib auksionga chiqqanlik to‘g‘risidagi ye’lon bannerlarini ilib qo‘yishgan. Muammo shundan iboratki: 18oydan beri noturar omborxonani yer solig‘i , mol-mulk soliglari haligacha bizning nomimizga chiqib kelmoqda"
Bu jarayon uzoq davom etishi mumkin masalan MIB tomonidan auksionga chiqarilgan mulk birinchi bor sotilmadi. Shundan so‘ng yana auksionga qo‘yiladi. Ikkinchi marta yana sotilmasa bankka MIB tomonidan taklif xati yuborilib mulkni o‘z balansiga olish taklif qilinadi. Va bu jarayon ozmuncha vaqt olmaydi va mulk uchun to‘lanadigan soliq masalasi barchani o‘ylantiradi.
Fuqarolik kodeksining 264-moddasiga asosan Fuqarolik kodeksining 264-moddasiga asosan bir shaxsning boshqa shaxsga mol-mulkni yoki unga bo‘lgan huquqni majburiyatlarni ta’minlash uchun berishi garov hisoblanadi.
Fuqarolik kodeksining 269-moddasiga ko‘ra, agar shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, garovga qo‘yilgan mol-mulk garovga qo‘yuvchida qoladi.
Ya’ni mazkur asoslardan anglashiladiki, undiruvga qaratilgan mulk garchi sotuv jarayoniga o‘tgan, mulk egasiga foyda keltirmayotgan bo‘lsa ham mazkur mulk garovga qo‘yuvchining nomida bo‘lgani sababli ya’ni hali sotilmagani yoki taklif asosida kreditorning balansiga qabul qilinmaganligi sababli soliqlar garovga qo‘yuvchining nomiga rasmiylashishda davom etadi va garovga qo‘yuvchi hisoblangan soliqlarni to‘lashi lozim.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov