Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat shartnomasi mehnat intizomini xodim tomonidan muntazam buzish asosi bilan bekor qilinganda sudlarning e’tibori qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar.


Mehnat shartnomasi mehnat intizomini xodim tomonidan muntazam buzish asosi bilan bekor qilinganda sudlarning e’tibori qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlar.

 

Xodim bilan mehnat shartnomasini xodimning mehnat intizomini muntazam ravishda buzganligi nimalarda ko‘rinadi? MKning 161-2q 4-bandiga asosan xodimning o‘z mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi. Avval mehnat majburiyatlarini buzganligi uchun xodim intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilgan yoxud unga nisbatan mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda nazarda tutilgan ta’sir choralari qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodim tomonidan takroran intizomiy nojo‘ya harakat sodir etilganligi mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzishdir.

Bunday nizolarni ko‘rishda, Sudlarga ham bu sohada tushuntirishlar berilgan. Oliy sudi plenumining qarori, 20.11.2023 yildagi 26-sonli qaroriga asosan

Bunda sudlarning e’tibori mehnat majburiyatlarini muntazam ravishda buzganligi uchun mehnat shartnomasini bekor qilishga muqaddam tegishli tartibda intizomiy yoki moddiy javobgarlikka tortilganligi yoxud unga nisbatan boshqa ta’sir choralari qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida xodim tomonidan sodir qilingan intizomga xilof harakat asos bo‘lishiga qaratilsin.

Sud 161-2q 4-bandiga asosan mehnat shartnomasini bekor qilinishi qonuniyligi masalasini muhokama qilishda faqat intizomiy jazo chorasini qo‘llashning belgilangan muddatlari va tartibiga amal qilinganini aniqlash bilan chegaralanib qolmasdan, balki avval mehnat intizomini buzganligi uchun intizomiy jazo choralarini qo‘llashda ham belgilangan muddat va tartiblarga rioya qilingan-qilinmagani, xodimning moddiy javobgarlikka tortilishi yoki unga nisbatan boshqa ta’sir choralari qo‘llanishi asosli bo‘lgan-bo‘lmaganini ham tekshirib chiqishi kerak.

Agar sud muhokamasi davomida xodimga nisbatan ilgari qo‘llanilgan jazo yoki ta’sir chorasi bir yillik muddat o‘tmasdan oldin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilik va mehnat haqidagi huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda (MK 315-moddasining uchinchi qismi) olib tashlangani aniqlansa, MK 161-2q 4-bandiga   asosan mehnat shartnomasining bekor qilinishi g‘ayriqonuniy deb topiladi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov