Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mehnat daftarchasini berishimiz shartmi?


Mehnat daftarchasini berishimiz shartmi?

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 171-moddasiga asosan Ish beruvchi mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodimga uning mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani, shuningdek mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berishi shart. Ish beruvchi xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish bilan bog‘liq hujjatlarning tegishli ravishda tasdiqlangan ko‘chirma nusxalarini ham berishi shart.

Mehnat shartnomasi bekor qilingan kuni xodim yo‘q bo‘lganligi yoki hujjatlarni olishni rad etganligi munosabati bilan unga mehnat daftarchasini yoxud elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirmani hamda mehnat shartnomasini bekor qilish to‘g‘risidagi buyruqning ko‘chirma nusxasini berish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda, ish beruvchi keyingi ish kunidan kechiktirmay xodimga mehnat daftarchasini olish uchun kelishi yoxud mehnat daftarchasi pochta orqali yuborilishiga rozilik berishi zarurligi haqida bildirishnoma yuborishi shart.

E’tibor qilgan bo‘lsangiz xodimga u ishdan bo‘shaganda uning mehnat daftarchasi ish beruvchi tomonidan berilishi shart. Biroq xodimning mehnat daftarchasi va boshqa hujjatlarini pochta orqali jo‘natmang. Sababi yuqoridagi modda talabi bo‘yicha hujjatlar to‘g‘ridan to‘g‘ri pochta orqali yuborilishini taqiqlaydi avval bildirishnoma yuborish talabini qo‘yadi.

Xodim vafot etgan bo‘lsa, qanday bo‘ladi?

07.01.1998 y. № DJ-08/12-sonli Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomaning 3.4-bandiga asosan Xodim vafot etgan bo‘lsa, mehnat daftarchasi uning yaqin qarindoshlariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshiriladi yoki ularning talablariga ko‘ra pochta orqali jo‘natiladi.

Ya’ni kadroviklar uchun vafot etgan xodimning ishdan bo‘shatish bilan bog‘liq hujjatlarini uning yaqin qarindoshlariga topshirishning eng maqbul yo‘li uning oila a’zolariga tilxat yozdirib olish yo‘li bilan topshirishdir.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov