Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Ahloq tuzatish uchun ish haqimdan to‘lov asosiy ish joydan olinadimi yoki o‘rindoshlik asosidagi ish joyimdan?


Ahloq tuzatish uchun ish haqimdan to‘lov asosiy ish joydan olinadimi yoki o‘rindoshlik asosidagi ish joyimdan?

 

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 46-moddasiga ko‘ra, axloq tuzatish ishlari shaxs ish haqining 10 foizidan 30 foizigacha miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolgan holda uni mehnatga majburan jalb qilishdan iborat bo‘lib, jazo sudning hukmiga muvofiq mahkumning o‘z ish joyi yoki mazkur jazo ijrosini nazorat qiluvchi organlar belgilab beradigan boshqa joylarda o‘taladi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 31-moddasiga ko‘ra, hukmda nazarda tutilgan chegirma mahkumning asosiy ish joyidagi ish haqining barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi

Ya’ni to‘lovlarni ushlab qolishda asosiy yoki o‘rindoshlik asosidagi ish bir biridan ajratilmaydi bunda 20 foiz ushlanma asosiy ish joyingizdagi ish haqingizning barcha turidan, har bir ishlangan oy uchun maosh to‘lash chog‘ida, qonunchilikda belgilangan tartibda ushlab qolinadi.

 

Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish

markazi boshlig‘i                                                B.B.Mavlanov