Янгиликлар
Bank tomonidan kafildan avtomatik yechib olinayotgan pulni to‘xtatish mumkin.
Bank tomonidan kafildan avtomatik yechib olinayotgan pulni to‘xtatish mumkin.
Aksariyatimiz, yaqinlarimiz, tanishlarimiz yoki qadrdonlarimizning kreditimizga kafil bo‘lganmiz. Qarzdorlik vaqtida to‘lanmaganda bank kafilni plastigidan avtomat qarzdorlikni yechib oladi. Bank tomonidan sizning har qanday hisobvaraqlaringizdan pul yechib olish huquqi siz bilan tuzilgan kafillik shartnomasida (Agarda kafil bo‘lsangiz), kredit shartnomasida (Qarzdor yoki hamqarzdor bo‘lsangiz) belgilangan.
Shunday vaziyatlar borki, qarzdor oylik to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirmagan holatlarda hamqarzdor yoki kafilning bank kartalaridan muddati o‘tgan qarzdorlik so‘ndiriladi. Nima qilsa bo‘ladi?
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2023 yil 24 iyundagi 19/3 sonli qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy shaxslarning muddati o‘tgan qarzdorliklarni undirishda ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga doir tavsiyalar (1040 sonli)ning 7 bandiga ko‘ra uchinchi shaxs xohlagan vaqtda o‘zi bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshirish yuzasidan bergan roziligini kredit tashkilotidan istalgan yozma shakldaga xat orqali xabardor qilgan holda chaqirib olishi mumkin.
Yangi agar siz bankka ariza bilan murojaat qilsangiz sizning ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslar tomonidan ishlov berish to‘g‘risidagi rozilingizni chaqirib olgan bo‘lasiz va sizning to‘g‘ridan to‘g‘ri bank kartangizdan pul yechib olinmaydi.
Oqqo‘rg‘on tumani Adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish
markazi boshlig‘i B.B.Mavlanov