Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar OTMga o‘qishga imtiyozli kirishi uchun ularga tavsiyanoma berilishidan habardormisiz?


 

Mutaxassisligi bo‘yicha 5 yil ish stajiga ega xotin-qizlar OTMga o‘qishga imtiyozli kirishi uchun ularga tavsiyanoma berilishidan habardormisiz?

 

Hukumatning 09.06.2022 yil kungi 322-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga binoan mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji bor, lekin oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat OTMga alohida qabul parametrlari (500 ta kvota) doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.

Bunda talabgor Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi tavsiyanomasiga ega bo‘lishi kerak.

Tavsiyanoma olish uchun talabgor quyidagi talablarga to‘g‘ri kelishi kerak:

1) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;

2) tavsiyanoma olgunga qadar oliy ta’lim olmaganligi yoki olmayotganligi;

3) o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha 5 yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.

Qarorda tavsiyanoma olish uchun talabgor doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) oila va xotin-qizlar bo‘limlariga har yili
1-maydan 1-iyunga qadar ariza bilan murojaat qilishi kerakligi belgilangan.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:                                                               N.P.Nazarimbetov