Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi.


 

Pedagog xodimlarga 1-oktyabr munosabati bilan beriladigan mukofot puli miqdori oshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 30-sentyabrdagi 823-son qarori bilan tasdiqlangan nizomning 29-bandida umumta’lim muassasalari xodimlari, shu jumladan rahbar xodimlari faqat "1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan Jamg‘armaning mavjud mablag‘lari hisobidan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 (ellik) foizigacha miqdorida mukofotlanishi mumkinligi qayd etilgandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PF-51-sonli farmoni bilan pedagog va rahbar xodimlarga beriladigan mukofot puli miqdori mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizigacha etib belgilandi.

Ya’ni, endilikda pedagog va rahbar xodimlarga "1-oktyabr - O‘qituvchi va murabbiylar kuni" munosabati bilan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 50 (ellik) foizi emas, balki mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 75 foizi miqdorida mukofot puli beriladi.

 

Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi

Yuridik xizmat ko’rsatish markazi

Bosh yuriskonsulti:                                                               N.P.Nazarimbetov