Янгиликлар
YOSHLARGA 7 YIL MUDDATGA VA 100 MLN SO‘MGACHA IMTIYOZLI KREDITLAR BERILADI.
YOSHLARGA 7 YIL MUDDATGA VA 100 MLN SO‘MGACHA IMTIYOZLI KREDITLAR BERILADI.
O’zbekiston Respubliaksi Prezidentining 2025-yil 14-aprel kungi PQ-62-son “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2025–2027 yillarda “Yoshlar biznesi” dasturi amalga oshiriladi:
Mazkur dastur doirasida jumladan, “Biznesga birinchi qadam” loyihasiga muvofiq 18 yoshga to‘lgan va 30 yoshdan oshmagan ijtimoiy soliq to‘lagan o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslarga onlayn shaklda imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 100 mln so‘mgacha kreditlar imtiyozli mikroqarz sifatida ajratiladi.
“Yoshlar uchun ish o‘rinlari” loyihasi asosida YATT sifatida faoliyat yurituvchi yosh fuqarolarga, shuningdek, ta’sischilari yosh fuqarolar bo‘lgan yuridik shaxs tashkil etgan holda faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlarning kamida 20 ta ish o‘rni yaratishni nazarda tutuvchi loyihalariga imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga 5 mlrd so‘mgacha mablag‘lar ajratiladi.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov