Янгиликлар
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH QANDAY HOLLARDA RAD QILINADI?
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA AJRATISH QANDAY HOLLARDA RAD QILINADI?
Vazirlar Mahkamasining 182-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan quyidagi hollarda ariza beruvchiga subsidiya ajratish rad etiladi:
taqdim etilgan arizada ko‘rsatilgan ma’lumotlar ijtimoiy mezonlarga mos kelmaganda;
taqdim etilgan ma’lumotlar noto‘g‘ri yoki soxta bo‘lganda; (Bunda ariza ko‘rib chiqish jarayoniga o‘tkazilmaydi va avtomat ravishda rad etiladi.)
ilgari ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyadan foydalangan (avval olingan subsidiyali ipoteka kreditini so‘ndirgan va uy-joyni boshqa shaxsga begonalashtirib yuborilgan taqdirda ham) ariza beruvchi shu jumladan turmush o‘rtog‘i takroriy murojaat qilganda;
joriy yilda hudud uchun ajratiladigan subsidiya soni tugaganda;
oylik daromad belgilangan normadan kam yoki ko‘p bo‘lganida;
arizani ko‘rib chiqishda ariza beruvchining turmush o‘rtog‘i tomonidan avval topshirilgan va ko‘rib chiqish jarayonida bo‘lgan ariza aniqlanganda.
Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa asoslar bo‘yicha subsidiya ajratish rad etilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov