Янгиликлар
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISHGA OYLIK DAROMAD QANCHA BO‘LISHI KERAK?
UY-JOY UCHUN SUBSIDIYA OLISHGA OYLIK DAROMAD QANCHA BO‘LISHI KERAK?
Qonunchilikka ko‘ra, subsidiya orqali uy-joy olmoqchi bo‘lgan talabgor shaxs yoki oilaning qonunchilik hujjatlariga muvofiq aniqlanishi mumkin bo‘lgan o‘rtacha oylik daromadlari miqdori:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mehnatga haq to‘lash eng kam miqdori (Hozirgi kunda 1 155 000 so‘m)ning 2,7 baravari (3 118 500 so‘m)dan 8 baravari (9 240 000 so‘m)gacha;
Toshkent shahrida 2,7 baravari (3 118 500 so‘m)dan 9,2 baravari (10 626 000 so‘m)gacha bo‘lishi talab etiladi.
Subsidiya orqali uy olmoqchi bo‘lgan talabgor shaxs yoki oila qaysi hududda yashashidan qat’iy nazar, ularning daromadi bir oyda eng kamida yuqoridagi 3 118 500 so‘mdan kam bo‘lmasligi kerak.
Oqqo’rg’on tumani Adliya bo’limi
Yuridik xizmat ko’rsatish markazi
Bosh yuriskonsulti: N.P.Nazarimbetov