Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar tashkil etildi



Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida seminar tashkil etildi

Toshkent viloyat hokimligi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida viloyatning 22 ta tuman va shahar hududiy elektr tarmoqlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya — jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illat” mavzusida navbatdagi seminar o‘tkazildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — elektr tarmoqlari sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi kurashish, qonunchilikka hurmat ruhini shakllantirish va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha huquqiy bilimlarini mustahkamlashdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni va boshqa tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.

Mutaxassislar tomonidan quyidagi muhim jihatlar alohida ta’kidlandi:

Korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, iqtisodiy resurslarning noqonuniy taqsimlanishiga olib keladi;

Elektr tarmoqlari sohasida yuzaga keladigan korrupsiyaviy xavf-xatarlar va ularning oldini olish choralariga e’tibor qaratildi;

Har bir xodim halollik, mas’uliyat va qonuniylik tamoyillariga asoslangan holda faoliyat yuritishi zarurligi uqtirildi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga dolzarb mavzular bo‘yicha targ‘ibot materiallari, qonunchilik sharhlari va amaliy tavsiyalar taqdim etildi.

Mazkur tadbir korrupsiyaning oldini olish va uning ijtimoiy xavfliligi to‘g‘risida jamoatchilikda keng tushunchani shakllantirishga, xususan elektr energetikasi tizimida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

 Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishidagi targ‘ibot ishlari izchil davom ettirilmoqda.