Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

14

Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda




Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha huquqiy targ‘ibot ishlari olib borilmoqda
Toshkent viloyat hokimligi hamda viloyat Adliya boshqarmasi hamkorligida 2025-yil 14-fevral kuni viloyatga qarashli 22 ta tuman va shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limlari xodimlari uchun huquqiy targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.

Mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati batafsil tushuntirildi.
Tadbirning asosiy maqsadi — davlat xizmatchilari o‘rtasida qonunchilikka hurmatni mustahkamlash, korrupsiyaviy xavflarni aniqlash, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va xodimlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida quyidagi masalalarga e’tibor qaratildi:

Korrupsiyaning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va unga qarshi kurashishning davlat siyosatidagi o‘rni;

Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari zimmasidagi majburiyatlar;

Manfaatlar to‘qnashuvi tushunchasi, uning turlari va oldini olish mexanizmlari;

Davlat xizmatchilarining axloqiy me’yorlari, manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelganda qanday harakat qilishlari zarurligi.

Mutasaddi mutaxassislarning ta’kidlashicha, korrupsiyaning har qanday shakliga nisbatan murosasizlik tamoyilini qaror toptirish, shuningdek, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni kuchaytirish — davlat xizmatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashda muhim omil hisoblanadi.
Shuningdek, ishtirokchilarga mazkur qonunlarning amaliy ahamiyati, xususan, xizmat faoliyatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish, axborotlar bilan ishlashdagi halollik va xolislik mezonlari haqida ko‘rgazmali materiallar va uslubiy tavsiyalar ham taqdim etildi.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, bu kabi tushuntirish ishlari davlat xizmatchilari orasida huquqiy ong va mas’uliyatni oshirish, davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat