Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qibray tumanida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi




Qibray tumanida korrupsiyaga qarshi kurashga bag‘ishlangan targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

 Qibray tumanidagi Do‘rmon madaniyat saroyida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlarining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Toshkent viloyati Adliya boshqarmasi, Qibray tumani adliya bo‘limi, Toshkent viloyati prokuraturasi, Qibray tumani Ichki ishlar bo‘limi hamda Kriminologiya tadqiqot instituti mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — mahalla yettiligi tarkibiga kiruvchi yetakchilarga, ya’ni mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari va profilaktika inspektorlariga korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha huquqiy bilimlarni yetkazish, ularning qonunchilikdan xabardorlik darajasini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni va unga doir boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaning sodir bo‘lish sabablari, uning salbiy oqibatlari va jamiyat hayotiga ta’siri atroflicha yoritildi.

Mutaxassislar tomonidan ta’kidlab o‘tildi:

Mahalla yettiligi — fuqarolar bilan bevosita ishlovchi eng quyi, ammo eng muhim bo‘g‘in hisoblanadi;

Aynan mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, korrupsiyaviy xavflarni erta aniqlash va aholiga tushuntirish ishlari samarali olib borilishi kerak;

Korrupsiyaga qarshi kurashda mahalla faollarining faolligi va huquqiy savodxonligi alohida ahamiyatga ega.

Tadbirda jami 68 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan yettilik a’zolari ishtirok etdi. Ular o‘z faoliyatlarida halollik, oshkoralik va qonuniylik tamoyillariga asoslanish zarurligini yana bir bor chuqur anglab yetdilar.

Toshkent viloyatida korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi targ‘ibot ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda, ularning asosiy maqsadi esa — halol, adolatli va korrupsiyasiz jamiyatni shakllantirishdir.