Янгиликлар
Fuqarolik protsessual huquqi toʻgʻrisida malumot bersangiz?
Fuqarolik protsessual huquqi toʻgʻrisida malumot bersangiz?
Fuqarolik protsessual huquqi -fuqarolarning shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini, erkinliklari va manfaatlarini, shuningdek korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarining sud orqali himoya qilinishini taʼminlaydi. Fuqarolik protsessual huquqi oʻzida fuqarolik ishlari boʻyicha odil sudlovni amalga oshirish jarayonida sud va protsessning boshqa ishtirokchilari oʻrtasida yuzaga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladigan protsessual normalar tizimini jamlagan huquq sohasi hisoblanadi. Fuqarolik protsessual huquq normalari sud protsessini olib borish tartibini belgilaydi, mazkur tartibni buzuvchi fuqarolik protsessual munosabatning har bir subyekti uchun muayyan choralarni nazarda tutadi. Fuqarolik protsessual huquqi normalarining huquqiy tartibga solish obyektini fuqarolik ishlari boʻyicha sud ishlarini yuritish sohasidagi ijtimoiy munosabatlar tashkil qiladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov