Янгиликлар
Fuqarolik ishi kimning arizasiga asosan qoʻzgʻatilishi mumkin?
Fuqarolik ishi kimning arizasiga asosan qoʻzgʻatilishi mumkin?
188-modda. Ariza berish. Sudda ishlar yozma shaklda, shu jumladan pochta orqali yoki elektron hujjat tarzida ariza berish yoʻli bilan qoʻzgʻatiladi. 189-modda. Arizaning mazmuni. Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak: 1) ariza berilayotgan sudning nomi; 2) daʼvogarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar daʼvogar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari, shuningdek, agar ariza vakil tomonidan berilayotgan boʻlsa, vakilning familiyasi, ismi, otasining ismi va manzili; 3) javobgarning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, agar javobgar tashkilot boʻlsa, uning nomi, joylashgan yeri (pochta manzili) hamda rekvizitlari; 4) daʼvogarning talabi; 5) agar daʼvo baholanishi kerak boʻlsa, daʼvoning bahosi; 6) daʼvogar oʻz talabiga asos qilib koʻrsatayotgan holatlar va daʼvogar tomonidan bayon qilingan holatlarni tasdiqlovchi dalillar; 7) javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, basharti bu qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa; 8) arizaga ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxati. Ariza daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Agar ariza vakil tomonidan berilgan boʻlsa, arizaga ishonchnoma yoki vakilning vakolatini tasdiqlovchi boshqa hujjat ilova qilinishi kerak. Boshqa shaxslarning huquqlarini himoya qilish maqsadida prokuror, davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar yoki ayrim fuqarolar tomonidan beriladigan arizada ushbu moddada sanab oʻtilgan maʼlumotlardan tashqari ariza kimning manfaatini koʻzlab berilgan boʻlsa, oʻsha shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi (nomi) hamda manzili koʻrsatilishi kerak. Arizada daʼvogarni yoki uning vakilining, shuningdek boshqa tarafning telefonlari va fakslari raqamlari, elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Arizada elektron manzili koʻrsatilganligi arizachining sud chaqiruv qogʻozlarini va boshqa xabarnomalarni, sud hal qiluv qarorlarining hamda ajrimlarining koʻchirma nusxalarini elektron hujjat tarzida olishga boʻlgan roziligidir. 50-modda. Sud protsessida prokurorning ishtiroki. Agar fuqaro sogʻligʻining holati, yoshi yoki boshqa sabablarga koʻra sudda oʻz huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini shaxsan himoya qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa, prokuror fuqaroning buzilgan huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ariza bilan sudga murojaat etish huquqiga ega. Prokuror faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda, shuningdek prokurorning arizasiga koʻra qoʻzgʻatilgan ishlar boʻyicha fuqarolik ishining muhokamasida ishtirok etishga haqli. Prokuror boshqa shaxslarning arizalari bilan qoʻzgʻatilgan ishning muhokamasida oʻz tashabbusi bilan ishtirok etishi mumkin emas.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov