Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari nimalardan iborat?


Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari nimalardan iborat?

FPK 30-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudloviga tegishli ishlar. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunda oʻz vakolatiga kiritilgan ishlarni koʻrib chiqadi, shuningdek alohida holatlarni hisobga olib, har qanday ishni Oʻzbekiston Respublikasining istalgan sudidan olishga va uni birinchi instansiya sudi sifatida oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga yoki ishni bir suddan boshqa tegishli sudga oʻtkazishga haqli. Sudlar toʻgʻrisidagi Qonun 703-son 28.07.2021 18-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat olib borish huquqiga ega. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi: oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi, apellyatsiya va kassatsiya instansiyasi sudi sifatida, shu jumladan kassatsiya instansiyasi sudida takroran, shuningdek yangi ochilgan holatlar boʻyicha koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumida sud amaliyotining dolzarb masalalarini koʻrib chiqadi va qonunchilikning qoʻllanilishi yuzasidan tushuntirishlar beradi; harbiy sudlarning, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudining, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining tashkiliy faoliyatini oʻrganadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi; sudyalarning va sud apparati xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha ishlarni tashkil etadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                    Nizomiddin Tursunov