Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Ishda ishtirok yetuvchi shaxslar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib eʼtiroz bildirish tartibi va u bilan bogʻliq protsessual muddatlar?


Ishda ishtirok yetuvchi shaxslar sud majlisi bayonnomasi bilan tanishib eʼtiroz bildirish tartibi va u bilan bogʻliq protsessual muddatlar?

 Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxalar koʻchirish, rad etish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga va odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashayotgan shaxslarga savollar berish, arz qilish, iltimosnomalar taqdim etish, sudga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, sud muhokamasi davomida yuzaga keladigan barcha masalalar boʻyicha oʻzlarining vajlarini bayon qilish, boshqa shaxslarning arzlari, iltimosnomalari, vajlariga qarshi eʼtirozlar bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish), sud hujjatlarining majburiy ijrosini talab qilish, davlat ijrochisi tomonidan harakatlar sodir etilishida hozir boʻlish va oʻz huquqlarini amalga oshirish huquqiga egadir. 279-modda. Bayonnoma yuzasidan fikr-mulohaza bildirish. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud majlisining bayonnomasi bilan tanishib chiqishga va unda yoʻl qoʻyilgan xatoliklarni yoki uning toʻliq emasligini u imzolangan kundan eʼtiboran besh kun ichida koʻrsatib, bayonnoma yuzasidan yozma ravishda fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Bayonnomaga doir berilgan fikr-mulohazalarni raislik qiluvchi koʻrib chiqadi va u ushbu fikrlarga qoʻshilgan taqdirda, bu fikr-mulohazalarning toʻgʻriligini tasdiqlaydi hamda ularni sud majlisining bayonnomasiga qoʻshib qoʻyadi. Raislik qiluvchi berilgan fikr-mulohazalarga qoʻshilmasa, ular sud majlisida koʻrib chiqiladi. Berilgan fikr-mulohazalar barcha hollarda ham ishga qoʻshib qoʻyilishi kerak. Bayonnomaga doir fikr-mulohazalar ular topshirilgan kundan eʼtiboran yetti kun ichida ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda koʻrib chiqilishi kerak. Biroq, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi bayonnoma yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalar toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi. Sud protsessi ishtirokchilari sud majlisining audio- yoki videoyozuvi bilan tanishish huquqiga ega. Sud majlisining audio- yoki videoyozuvlari koʻchirma nusxasi sud protsessi ishtirokchilariga ishni koʻrgan sudning ruxsati bilan beriladi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                   Nizomiddin Tursunov