Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qanday tarkibda ish olib boradi va kimlar uning majlislarida ishtirok yetadi?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qanday tarkibda ish olib boradi va kimlar uning majlislarida ishtirok yetadi?
Sudlar toʻgʻrisidagi Qonun703-son 28.07.2021 20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi raislaridan iborat tarkibda ish yuritadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, Bosh prokurori, adliya vaziri, Advokatlar palatasi raisi, sudyalar, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin. 21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi zaruriyatga qarab, lekin toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Qonunchilikni qoʻllash masalalariga doir qarorlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov