Янгиликлар
Odil sudlovni amalga oshirishga qoʻmaklashuchi shaxslar kimlar hisoblanadi?
Odil sudlovni amalga oshirishga qoʻmaklashuchi shaxslar kimlar hisoblanadi?
Odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslar. Guvohlar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar, yozma va ashyoviy dalillarni saqlovchilar, ijro ishi yuritish xolislari va saqlovchilari odil sudlovni amalga oshirishga koʻmaklashuvchi shaxslardir. 56-modda. Guvoh. Ishga doir biror holatdan xabardor boʻlgan har qanday shaxs guvoh boʻla oladi. Quyidagilar guvoh sifatida chaqirilishi va soʻroq qilinishi mumkin emas: vakil, himoyachi, advokat yoki mediator vazifalarini bajarishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan holatlar toʻgʻrisida — fuqarolik, iqtisodiy, maʼmuriy ish boʻyicha vakillar yoki jinoyat ishi boʻyicha himoyachilar, maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish boʻyicha advokatlar, mediatorlar; jismoniy nuqsonlari yoki ruhiy holatining buzilganligi sababli faktlarni toʻgʻri idrok qilishga yoki ular haqida toʻgʻri koʻrsatuvlar berishga layoqatsiz shaxslar. 58-modda. Ekspert. Xulosa berish uchun zarur fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin. Ekspert sifatida davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin. Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar ekspert sifatida jalb etilishi mumkin emas. 61-modda. Mutaxassis. Dalillarni toʻplash, tekshirish va baholashda maslahatlar (tushuntirishlar) berish yoʻli bilan koʻmaklashish hamda ilmiy-texnika vositalarini qoʻllashda yordam berish maqsadida fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilim va koʻnikmaga ega boʻlgan, ishning yakunidan manfaatdor boʻlmagan voyaga yetgan shaxs sud majlisida yoki protsessual harakatlarda ishtirok etish uchun sud tomonidan mutaxassis sifatida jalb etilishi mumkin. Mutaxassisni jalb qilish toʻgʻrisida ishni sud muhokamasiga tayyorlash haqidagi ajrimda, sud majlisi davomida esa sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. Sudning mutaxassis chaqirish toʻgʻrisidagi talabi mutaxassis ishlab turgan tashkilot rahbari uchun majburiydir. 63-modda. Tarjimon. Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan shaxs tarjimondir. Sud ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari tarjimon vazifalarini oʻz zimmasiga olishga haqli emas.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov