Янгиликлар
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlarini aytib bering?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlarini aytib bering?
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatlidir. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi: sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi; qonunchilik tashabbusi tartibida ishlab chiqilgan qonun loyihalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish toʻgʻrisidagi masalani koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga rasmiy sharh berish masalalari yuzasidan murojaat kiritish, shuningdek muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisidagi sudlar tashabbusi bilan kiritilgan masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga murojaat kiritish haqidagi taqdimnomasini koʻrib chiqadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hayʼatlarining tarkibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek sudlov hayʼatlari faoliyati haqidagi maʼruzalarni eshitadi; Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari raislarining qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlari bajarilishi haqidagi maʼruzalarini eshitadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati rahbarini tasdiqlaydi va uning Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi apparati faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hayʼati tarkibini tasdiqlaydi; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentlarini tasdiqlaydi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan qarorlar qabul qiladi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov