Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

“Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun va mohiyatini atroflicha tahlil qiling. Ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi ahamiyatini ochib bering?


Mediatsiya toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunining mazmun va mohiyatini atroflicha tahlil qiling. Ushbu qonunning qabul qilinishi fuqarolik sud ishlarini yuritishdagi ahamiyatini ochib bering?

2018-yil 3-iyul, OʻRQ-482-son QONUNI MEDIATSIYA TOʻGʻRISIDA 34-moddadan iborat. FPK 166-modda. Kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzish. Sud taraflarni yarashtirish uchun choralar koʻradi, ularga fuqarolik sud ishlarini yuritishning barcha bosqichlarida nizoni hal etishga koʻmaklashadi. Taraflar kelishuv bitimini yoki mediativ kelishuvni tuzib, nizoni oʻzaro talablarning toʻliq hajmida yoki qisman hal etishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv daʼvo tartibida yuritiladigan har qanday ish boʻyicha tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi fuqarolik sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida va sud hujjatini ijro etish jarayonida, mediativ kelishuv esa birinchi instansiya sudida sud alohida xonaga (maslahatxonaga) sud hujjatini qabul qilish uchun chiqquniga qadar taraflar tomonidan tuzilishi mumkin. Kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv yozma shaklda tuziladi va kelishuv bitimini, mediativ kelishuvni tuzgan shaxslar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanadi. Kelishuv bitimi sud tomonidan tasdiqlanganidan keyin tuzilgan hisoblanadi. 226-modda. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechishi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olishi, taraflarning kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuvi. Daʼvogarning arz qilgan talablaridan voz kechganligi, javobgarning daʼvogar talablarini tan olganligi yoki taraflarning kelishuv bitimi shartlari sud nomiga yoʻllangan, ishga qoʻshib qoʻyiladigan yozma arizalarida ifoda etilgan boʻlishi lozim boʻlib, bu haqda sud majlisi bayonnomasida koʻrsatiladi. Mediativ kelishuv sudga alohida hujjat tarzida taqdim etiladi va ishga qoʻshib qoʻyiladi, bu haqda sud majlisining bayonnomasida koʻrsatiladi. QONUNI MEDIATSIYA TOʻGʻRISIDA 15-modda. Mediatsiyani qoʻllash shartlari. Mediatsiya taraflarning xohish-istagi asosida qoʻllaniladi. Mediatsiya suddan tashqari tartibda, nizoni sud tartibida koʻrish jarayonida, sud hujjatini qabul qilish uchun sud alohida xonaga (maslahatxonaga) kirguniga qadar, shuningdek sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiya nizoni hakamlik sudida koʻrish jarayonida ham hakamlik sudining qarori qabul qilinguniga qadar qoʻllanilishi mumkin. Mediatsiya sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish jarayonida qoʻllanilgan taqdirda faoliyatini professional asosda amalga oshiruvchi mediatorning albatta ishtirok etishi talab etiladi. Mediatsiyada ishtirok etganlik fakti aybni tan olish dalili boʻlib xizmat qilishi mumkin emas. QONUNI MEDIATSIYA TOʻGʻRISIDA 16-modda. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuv shartnomadagi uning tarkibiy qismi boʻlgan shart tarzida yoki alohida kelishuv tarzida yozma shaklda tuziladi. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda taraflar oʻrtasida kelib chiqqan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan barcha yoki muayyan nizolar mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish yoʻli bilan hal etilishi kerakligi haqidagi qoida boʻlishi lozim. Mediatsiyani qoʻllash toʻgʻrisidagi kelishuvda nizo predmeti haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish bilan bogʻliq xarajatlarda taraflarning ishtirok etish shartlari haqidagi, mediatsiya tartib-taomilini amalga oshirish muddatlari toʻgʻrisidagi maʻlumotlar boʻlishi mumkin.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                  Nizomiddin Tursunov