Янгиликлар
“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi”ning II-yoʻnalishi Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari haqida gap
“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha harakatlar strategiyasi”ning II-yoʻnalishi Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari haqida gapirib bering?
Qonun ustuvorligini taʼminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yoʻnalishlari. 2.1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, sudning nufuzini oshirish, sud tizimini demokratlashtirish va takomillashtirish: sudyalar va sud apparati xodimlarining mavqeyini, moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy taʼminot darajasini oshirish, sudlarning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash; sudyalarga gʻayriqonuniy tarzda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha taʼsirchan choralar koʻrish; sudning mustaqilligi va begʻarazligi, sud protsessida tomonlarining tortishuvi va teng huquqlik tamoyillarini har tomonlama tatbiq yetish; “Xabeas korpus” institutini qoʻllash sohasini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish; sudlarni yanada ixtisoslashtirish, sud apparatini mustahkamlash; sudlar faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy yetish. 2.2. Fuqarolarning huquq va yerkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash: fuqarolarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal yetish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik, rasmiyatchilik va loqayd munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek, buzilgan huquqlarni tiklashning barcha zarur choralarini koʻrish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyatida fuqarolarning huquq va yerkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini taʼminlash; fuqarolarning xususiy mulkka boʻlgan huquqlarini amalga oshirish kafolatlarini mustahkamlash; fuqarolarning odil sudlovga toʻsqinliksiz erishishini taʼminlash; sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari ijrosi samaradorligini oshirish. 2.3. Maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik qonunchiligini takomillashtirish: jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini takomillashtirish va liberallashtirish, alohida jinoiy qilmishlarni dekriminallashtirish, jinoiy jazolar va ularni ijro yetish tartibini insonparvarlashtirish; odil sudlovni amalga oshirish samaradorligi va sifatini oshirish, maʼmuriy, jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvining protsessual asoslarini takomillashtirish; jinoyat, fuqarolik va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish, bir-birini takrorlaydigan vakolat va instansiyalarni qisqartirish; yelektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini joriy yetish. 2.4. Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish tizimini takomillashtirish: jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirishning samaradorligini oshirish; diniy yekstremizm va terrorizmga, uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish boʻyicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish; korrupsiyaga qarshi kurashishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish va korrupsiyaga qarshi kurashish tadbirlarining samaradorligini oshirish; aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, bu borada davlat tuzilmalarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari bilan oʻzaro samarali hamkorligini tashkil yetish. 2.5. Sud-huquq tizimida qonuniylikni yanada mustahkamlash: huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari ishini samarali rejalashtirish va uning natijalarini tahlil qilish, tizimli huquqbuzarliklarni aniqlash hamda ularga imkoniyat yaratayotgan sabab va sharoitlarni bartaraf yetish; sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlarini oʻqitish, tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, rotatsiya qilish tizimini takomillashtirish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari orasida huquqbuzarliklarni oldini olish, profilaktika qilish va bartaraf yetish boʻyicha idoraviy nazoratning zamonaviy mexanizmlarini joriy yetish; huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, fuqarolarning huquqni muhofaza qilish tizimiga boʻlgan ishonchini mustahkamlash. 2.6. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini takomillashtirish: davlat organlarining yuridik xizmati faoliyati samaradorligini oshirish; advokatura institutini rivojlantirish, jinoyat, fuqarolik, maʼmuriy va xoʻjalik ishlarini koʻrib chiqishda advokatlarning rolini oshirish; notariat va fuqarolik holatlari dalolatnomalarini yozish organlari tizimini isloh qilish.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov