Янгиликлар
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari
Fuqarolik protsessual huquqining manbalari fuqarolik sud ishlarini yuritish tartibini belgilovchi fuqarolik protsessual normalardan iborat boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi ishtirokidagi xalqaro shartnomalar hisoblanadi. Huquqning manbasi deganda, umumiy maʼnoda huquqni ifoda etilish shakli tushuniladi. Huquq normalarini sharhlash aktlarini quyidagi mezonlar boʻyicha tasniflash mumkin: -huquq sohalari boʻyicha (konstitutsiyaviy-huquqiy, jinoyat huquqiy, maʼmuriy huquqiy); qabul qilgan subyektga koʻra (autentik, yaʼni huquq normasini qabul qilgan organning oʻzi tomonidan, legal, yaʼni vakolat berilgan subyekt tomonidan, masalan, jinoyat kodeksi normalarini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan sharhlanishi); Yaʼni Oliy sud Rlenumi tomonidan sudlarga qonun normalarini tushuntirish sifatida chiqariladi. sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi, yaʼni Rlenumi qarorlari huquq manbasi hisoblanmaydi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov