Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik ishlarining taalluqliligini belgilashda qanday mezonlarga tayanish lozim. Bu borada Sizning fikringiz?


Fuqarolik ishlarining taalluqliligini belgilashda qanday mezonlarga tayanish lozim. Bu borada Sizning fikringiz?

 

Taalluqlilik deganda, fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilganligi tushuniladi. Mazkur taʼrifdan koʻrinadiki, taalluqlilik haqidagi qoidalar faqat qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilishi hamda fuqarolik ishlari muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Taʼkidlash joizki, taalluqlilik sud hokimiyati bilan boshqa davlat organlari oʻrtasidagi vakolatlarning boʻlinishida muhim hisoblanib, ushbu vakolatlarning amalda qoʻllanilishiga sharoit yaratadi. Taalluqlilik quyidagi turlarga ajratiladi: -mustasno; -alternativ; -shartnomaviy; -shartli (imperativ) taalluqlilik. Mustasno taalluqlilik. Fuqarolik, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan aksariyat nizoli ishlar bevosita sudlarga taalluqli boʻlib, boshqa organlar tomonidan mazmunan koʻrilishi mumkin emas. Taalluqlilikning bunday turi mustasno taalluqlilik deb nomlanadi. Mustasno taalluqlilikka muvofiq, nizoli ishni sudda koʻrib hal qilish uchun sudga qadar u yoki bu organlarda mazkur ishning koʻrilishi talab etilmaydi. Masalan, xodimni ishga tiklash, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan er va xotinni nikohdan ajratish, turar joyga nisbatan berilgan orderni haqiqiy emas deb topish va shu kabi koʻplab fuqarolik ishlari mustasno taalluqlilikka misol boʻla oladi. Alternativ taalluqlilikka koʻra, subyektiv huquq toʻgʻrisidagi nizo manfaatdor shaxslarning xohishiga koʻra sudda yoki boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilotlarida koʻrilishi mumkin. Shartnomaviy taalluqlilik alternativ taalluqlilikka oʻxshab ketadi. Bunda ham taraflar nizoni hal etish vakolatiga ega boʻlgan organni tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Faqat bu yerda nizoni qaysi organda koʻrilishini taraflar oʻzaro kelishib belgilaydilar. Masalan, taraflar yuzaga kelgan nizoni hal qilishni hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimini tuzishlari shular jumlasidandir. Qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ishlar dastavval sudga qadarli boshqa organlarda koʻrilganidan keyingina sudga taalluqli boʻladi. Bunday taalluqlilik turi shartli taalluqlilik deb nomlanadi. 2.2. Fuqarolik ishlarining taalluqliligini belgilash qoidalari va umumiy mezonlari. U yoki bu organlarga ishlarning taalluqli boʻlishi qonun va qonunosti hujjatlari bilan belgilanadi. Mazkur qonun hujjatlarida ishlarning qaysi organlarga taalluqli boʻlishini belgilovchi umumiy qoidalar va ayrim istisno etuvchi qoidalar nazarda tutiladi. Aynan mana shu qoidalar yordamida huquqiy ishlarning umumiy yurisdiksiya sudlariga, iqtisodiy sudlariga, ijro hokimiyati, notariat, hakamlik sudlari va boshqalarga taalluqli boʻlishini aniqlash imkoni yaratiladi. Taalluqlilikni belgilash shartlari.

Nizoli huquqiy munosabat xarakteriga qarab

Ishda ishtirok etuvchi subyektlar tarkibiga koʻra

Nizoli yoki nizosiz huquqqa qarab

Taraflar oʻrtasidagi shartnomaga qarab

FPKning 26-moddasiga muvofiq, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga quyidagi ishlar taalluqli boʻladi: 1) Fuqarolik, oila, mehnat, uy-joy, yer toʻgʻrisidagi va munosabatlardan yuzaga keladigan nizolar boʻyicha ishlar, agar taraflardan hech boʻlmaganda bittasi fuqaro boʻlsa, bundan qonunda shunday nizolarni hal qilish boshqa sudlarga yoki boshqa organlarga topshiriladigan hollar mustasno; 2) FPKning 293-moddasida sanab oʻtilgan alohida tartibda yuritiladigan ishlar; 3) FPKning 18-bobida koʻrsatilgan va buyruq tartibida hal etiladigan ishlar; 4) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi va hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish haqidagi ishlar; 5) chet davlat sudlarining hamda chet davlat hakamlik sudlarining (arbitrajlarining) hal qiluv qarorlarini tan olish va ijroga qaratish toʻgʻrisidagi ishlar. 6) korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining maʼmuriy va boshqa ommaviy huquqiy munosabatlardan yuzaga kelmaydigan qarorlari hamda ular mansabdor shaxslarining shunday harakatlari (harakatsizligi) yuzasidan nizolashish toʻgʻrisidagi ishlar.

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                  Nizomiddin Tursunov