Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Rad qilish toʻgʻrisidagi arzni hal etish tartibini aytib bersangiz?


 Rad qilish toʻgʻrisidagi arzni hal etish tartibini aytib bersangiz?

Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, sud ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini, agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uning tushuntirishini ham eshitishi kerak. Ishni yakka tartibda koʻradigan sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala sud raisi tomonidan, yakka tarkibli sudda esa, shu sudyaning oʻzi tomonidan hal etiladi. Sud hayʼatining aʼzosi boʻlgan sudyani rad qilish hayʼat aʼzolari boʻlgan qolgan sudyalar tomonidan ushbu sudya yoʻqligida hal etiladi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolganda, sudya rad qilingan hisoblanadi. Ish hayʼatda koʻrilayotganda ikki sudyani yoki sudning butun tarkibini rad qilish arz qilingan taqdirda, rad qilish masalasi sudning shu tarkibi tomonidan oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi. Rad qilish masalasini hal etish uchun sudya (sud) alohida xonaga (maslahatxonaga) kiradi va rad qilishni qabul qilish yoki qabul qilmaslik toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Oʻzini oʻzi rad qilish toʻgʻrisidagi va prokuror, ekspert, mutaxassis, tarjimon va sud majlisi kotibini rad qilish haqidagi masala ushbu moddada nazarda tutilgan tartibda, ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan hal qilinadi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                  Nizomiddin Tursunov