Янгиликлар
Sudlar toʻgʻrisidagi Qonun boʻyicha tushintirish bering?
Sudlar toʻgʻrisidagi Qonun boʻyicha tushintirish bering?
Sudlar toʻgʻrisidagi Qonun 703-son 28.07.2021 60-modda. Sudyaning qasamyodi. Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qiladi: “Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek begʻaraz, xolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman”. Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladi. Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida qasamyod qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi maʼmuriy sudi rayosati majlisida qasamyod qiladi. Ilk bor lavozimga saylangan yoki tayinlangan sudya oʻz vakolatlarini amalga oshirishga qasamyod qilganidan keyin kirishadi.
Bekobod shaxar Adliya boʻlimi
YUXKM boshligʻi Nizomiddin Tursunov