Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik ishlarining taalluqliligi tushunchasi va turlarini tahlil qiling.


Fuqarolik ishlarining taalluqliligi tushunchasi va turlarini tahlil qiling.

Taalluqlilik deganda, fuqarolik ishlarini koʻrish va hal qilish vazifasi qonun bilan muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilganligi tushuniladi. Mazkur taʼrifdan koʻrinadiki, taalluqlilik haqidagi qoidalar faqat qonun hujjatlarida mustahkamlab qoʻyilishi hamda fuqarolik ishlari muayyan davlat organi yoki jamoat tashkiloti zimmasiga yuklatilishi mumkinligi nazarda tutilmoqda. Taʼkidlash joizki, taalluqlilik sud hokimiyati bilan boshqa davlat organlari oʻrtasidagi vakolatlarning boʻlinishida muhim hisoblanib, ushbu vakolatlarning amalda qoʻllanilishiga sharoit yaratadi. Taalluqlilik quyidagi turlarga ajratiladi: -mustasno; -alternativ; -shartnomaviy; -shartli (imperativ) taalluqlilik. Mustasno taalluqlilik. Fuqarolik, oila, uy-joy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan aksariyat nizoli ishlar bevosita sudlarga taalluqli boʻlib, boshqa organlar tomonidan mazmunan koʻrilishi mumkin emas. Taalluqlilikning bunday turi mustasno taalluqlilik deb nomlanadi. Mustasno taalluqlilikka muvofiq, nizoli ishni sudda koʻrib hal qilish uchun sudga qadar u yoki bu organlarda mazkur ishning koʻrilishi talab etilmaydi. Masalan, xodimni ishga tiklash, voyaga yetmagan farzandlari boʻlgan er va xotinni nikohdan ajratish, turar joyga nisbatan berilgan orderni haqiqiy emas deb topish va shu kabi koʻplab fuqarolik ishlari mustasno taalluqlilikka misol boʻla oladi. Alternativ taalluqlilikka koʻra, subyektiv huquq toʻgʻrisidagi nizo manfaatdor shaxslarning xohishiga koʻra sudda yoki boshqa davlat organlari yoki jamoat tashkilotlarida koʻrilishi mumkin. Shartnomaviy taalluqlilik alternativ taalluqlilikka oʻxshab ketadi. Bunda ham taraflar nizoni hal etish vakolatiga ega boʻlgan organni tanlash imkoniyatiga ega boʻladilar. Faqat bu yerda nizoni qaysi organda koʻrilishini taraflar oʻzaro kelishib belgilaydilar. Masalan, taraflar yuzaga kelgan nizoni hal qilishni hakamlik sudiga topshirish haqida hakamlik bitimini tuzishlari shular jumlasidandir. Qonun hujjatlarida yoki shartnomalarda nazarda tutilgan ayrim hollarda ishlar dastavval sudga qadarli boshqa organlarda koʻrilganidan keyingina sudga taalluqli boʻladi. Bunday taalluqlilik turi shartli taalluqlilik deb nomlanadi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                  Nizomiddin Tursunov