Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va turlarini tahlil qiling.


 

Fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar tushunchasi va turlarini tahlil qiling.

Fuqarolik protsessual huquqiy munosabatlar sudda oʻzining huquqi yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatini himoya qilishni soʻrab murojaat qilgan shaxsning, prokurorning hamda agar davlat boshqaruvi organlari, tashkilotlar va ayrim fuqarolar qonunga muvofiq boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish uchun sudga murojaat etishga haqli boʻlsalar, ularning bergan arizalari boʻyicha qoʻzgʻatilgan ishlar natijasida yuzaga keladi. Protsessda yana shunday shaxslar ham borki, ular boshqa shaxslar tomonidan boshlangan jarayonga kirib keladilar va fuqarolik huquqiy nizolarning hal etilishidan taraflar kabi manfaatdor boʻladilar. Daʼvogar va javobgarga nisbatan ushbu shaxslar (hisob boʻyicha) uchinchi shaxslar deb eʼtirof etiladi va shuning uchun ham ushbu shaxslar fuqarolik protsessida uchinchi shaxslar deb nomlanadi. FPKning 39-moddasiga muvofiq, uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tarkibiga kiradi. Uchinchi shaxslar fuqarolik protsessida taraflarga tenglashtiriladi. 2 turi bor: 48-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadi va uning barcha majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar ishga sud muhokamasi boshlanganidan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi. 49-modda. Nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha qabul qilinadigan hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan boʻlgan huquqlariga yoki majburiyatlariga taʼsir etadigan boʻlsa, sud tomonidan hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar daʼvogar yoki javobgar tarafida ishga kirishishi mumkin. Ular taraflarning, prokurorning, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomasi boʻyicha yoxud sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar taraflarning protsessual huquqlaridan foydalanadi va ularning protsessual majburiyatlarini oʻz zimmasiga oladi, bundan arz qilingan talablarning asosini yoki predmetini oʻzgartirish, miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, ulardan voz kechish huquqi mustasno. Agar nizo predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻz harakatlari yoki harakatsizligi oqibatida daʼvogarning huquqlari buzilganligi toʻgʻrisida arz qilingan talablarni tan olgan taqdirda, sud majburiyatni bajarishni uchinchi shaxs zimmasiga yuklatish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilishga haqli. Xuddi shunday hollarda, daʼvogar va mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs oʻrtasida kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzilishiga yoʻl qoʻyiladi. Agar nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxs ishga sud muhokamasi boshlangandan soʻng kirishgan boʻlsa, ishni koʻrish boshidan boshlanadi.

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM boshligʻi                                                  Nizomiddin Tursunov