Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi va turlarini tahlil qiling.


 

Fuqarolik protsessida vakillik tushunchasi va turlarini tahlil qiling.

 Vakillar orqali ish yuritish. Fuqarolar oʻz ishlarini sudda shaxsan yoki oʻz vakillari orqali yuritishi mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum etmaydi. Tashkilotlar ishlarni oʻz rahbarlari yoki vakillari orqali yuritadi. 66-modda. Qonuniy vakillik. Muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sudda ularning qonuniy vakillari (ota-onalari, ularni farzandlikka olganlar, vasiylar, homiylar) himoya qiladi. Belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilgan fuqaro ishtirok etishi lozim boʻlgan ish boʻyicha uning vakili sifatida mazkur fuqaroning mol-mulkini qoʻriqlash va boshqarish uchun tayinlangan shaxs qatnashadi. Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb eʼlon qilingan shaxsning merosxoʻri ishtirok etishi kerak boʻlgan ish boʻyicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib olmagan boʻlsa, vasiy, homiy, yoxud meros mol-mulkni saqlash va boshqarish uchun tayinlangan saqlovchi shaxs merosxoʻrning vakili sifatida qatnashadi. Qonuniy vakil sudda ish olib borishni oʻzi vakil sifatida tanlagan boshqa shaxsga topshirish huquqiga ega. Oʻn toʻrt yoshga toʻlmagan voyaga yetmagan shaxsning, muomalaga layoqatsiz yoki bedarak yoʻqolgan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili vakillik qilinayotgan shaxsning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlariga taalluqli ishlar koʻrib chiqilayotganda uning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni amalga oshiradi. Oʻn toʻrt yoshdan oʻn sakkiz yoshgacha boʻlgan voyaga yetmagan shaxsning, muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxsning qonuniy vakili ishlar koʻrib chiqilayotganda shu shaxsning manfaatlarini koʻzlab barcha protsessual harakatlarni cheklangan huquqlar doirasida amalga oshiradi. 67-modda. Shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillik. Ishonch bildiruvchi oʻz huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish boʻyicha sudda ish yuritishni shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakillikka binoan vakilga topshiradi. Quyidagilar shartnoma boʻyicha (ixtiyoriy) vakil boʻlishi mumkin: 1) advokatlar; 2) nasl-nasab shajarasi boʻyicha toʻgʻri tutashgan yoki yon shajara boʻyicha qarindoshlar, shuningdek er (xotin) yoxud uning qarindoshlari; 3) yuridik shaxslarning xodimlari — shu yuridik shaxslarning ishlari boʻyicha; 4) notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari — shu tashkilotlar aʼzolarining ishlari boʻyicha; 5) qonunga binoan boshqa shaxslarning huquq va manfaatlarini himoya qilish huquqi berilgan notijorat tashkilotlarning vakolatli vakillari; 6) birgalikda ishtirok etuvchilardan biri boshqa birgalikdagi ishtirokchilarning topshirigʻi boʻyicha; 7) ishni koʻrib chiqayotgan sud tomonidan ishda jismoniy shaxslarning vakillari sifatida ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilgan shaxslar. Sudda ish yuritish boʻyicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shugʻullanishi mumkin

 

Bekobod shaxar Adliya boʻlimi

YUXKM bosh yuriskonsulti                                Dildora Djurayeva