Янгиликлар
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi
Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz to‘lovlarining bir qismi kompensatsiya qilib beriladi
“Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishda ehtiyojmand aholini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Prezident qarori (PQ-134-son, 02.04.2025 y.) qabul qilindi.
❇️Qarorga muvofiq, 2025 yil 1 maydan 2027 yil 1 aprelgacha “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimi orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi hamda Kambag‘al oilalar reestriga (Reestrlar) kiritilgan, shuningdek, Reestrlarga kiritilmagan, biroq moddiy ahvoli bo‘yicha kam ta’minlangan oilalar mezonlariga to‘g‘ri keluvchi, oiladagi jon boshiga daromadi minimal iste’mol xarajatlarining 1,5 barobaridan oshmaydigan oilalarga:
????elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha – oyiga bazaviy me’yordan 150 kVt soatgacha;
????tabiiy gaz iste’moli bo‘yicha – isitish mavsumida oyiga bazaviy me’yordan 250 kub metrgacha, boshqa davrlarda oyiga bazaviy me’yordan 150 kub metrgacha ortiq foydalanilgan qismi uchun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi.
Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh maslaxatchisi B.M.Farmankulov