Янгиликлар
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilganda, davlat bojidan ozod etiladi.
Jinoyat tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar yuzasidan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga murojaat qilganda, davlat bojidan ozod etiladi.
O‘tgan kun qabulimizga kelgan fuqaroning Jinoyat tufayli yetkazilgan zararni undirish bo‘yicha ariza sud tomonidan davlat boji to‘lanmagani yuzasidan da’vo arizasi qaytarilgan. Odatda jinoyat natijasida yetkazilgan zarar summasi oz miqdorni tashkil qilmaydi. Bizning mijoz ham suddan yetkazilgan zarar sifatida javobgardan 500 mln undirishni so‘ragan. Endi tasavvur qilib ko‘ring 500 mlnning 4 foizi qancha bo‘ladi? 20 mln so‘mni tashkil qiladi. «Davlat boji to‘g‘risida»gi qonunning 8-moddasi birinchi qismi 5-xatboshisiga ko‘ra jinoyat tufayli yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’volar davlat bojidan ozod qilingan.
Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh maslaxatchisi B.M.Farmankulov