Янгиликлар
Bir vaqtning o‘zida ikki soliq tekshiruvi o‘tkazilishi mumkinmi?
Bir vaqtning o‘zida ikki soliq tekshiruvi o‘tkazilishi mumkinmi?
O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 139-moddasiga asosan soliq to‘lovchilarning soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish hamda to‘lash sohasidagi ayrim majburiyatlarini, shuningdek soliq to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilangan boshqa majburiyatlarini bajarilishini tekshirish sayyor soliq tekshiruvidir.
Sayyor soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari o‘rinbosarining) buyrug‘i asosida o‘tkaziladi. Buyruqda soliq to‘lovchining nomi, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, tekshiruvlarni o‘tkazish muddatlari va maqsadi ko‘rsatiladi.
Shuningdek mazkur moddaga asosan sayyor soliq tekshiruvida aloxida davr qamrab olinmaydi. Bundan tashqari soliq qonunchiligida bir vaqtda sayyor soliq tekshiruvi va soliq soliq auditi o‘tkazilishiga cheklovlar mavjud emas.
Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi
Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi
bosh maslaxatchisi B.M.Farmankulov