Bog'lanish

Telefon
(+998 71) 501-05-15

Elektron manzil
tosh_vil@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

08

Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlashning eng kam muddati qancha bo‘lishi kerak.


Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlashning

eng kam muddati qancha bo‘lishi kerak.

 

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksi qoidalarida intizomiy jazoni olib tashlash uchun minimal muddat belgilanmagan. Istalgan vaqtda intizomiy jazo olib tashlanishi mumkin. Mehnat kodeksining 315-moddasiga asosan Intizomiy jazoning amal qilish muddati u qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yildan oshmasligi kerak. Agar intizomiy jazo qo‘llanilgan kundan e’tiboran bir yil ichida xodimga yangi intizomiy jazo qo‘llanilmasa, u intizomiy jazoga tortilmagan deb hisoblanadi. Ya’ni bu degani Ish beruvchi tomonidan intizomiy jazo olib tashlanmasa ham o‘z o‘zidan bekor bo‘lib ketadi degani.

Mazkur moddaning 3 qismiga asosan Ish beruvchi intizomiy jazoni o‘z tashabbusiga ko‘ra, xodimning bevosita rahbarining, kasaba uyushmasi qo‘mitasining iltimosnomasiga, shuningdek xodimning iltimosiga ko‘ra, bir yil o‘tguniga qadar muddatidan oldin olib tashlash huquqiga ega. Intizomiy jazoni muddatidan oldin olib tashlash ish beruvchining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi. MKda intizomiy jazoni olib tashlash mutlaq ish beruvchining huquq hisoblanadi. Mazkur badda xodimning iltimosiga ko‘ra, uning rahbarining iltimosiga ko‘ra, kasaba uyushmasining iltimosiga ko‘ra yoki xodimning o‘zini iltimosiga ko‘ra beor qilishi mumkinligi aytilmoqda.

Ish beruvchi iltimosni rad qilishga haqlimi?

Albatta haqli moddaga e’tibor qaratsangiz bu yerda ish beruvchi intizomiy jazoni bekor qilishga haqli deyilmoqda majbur emas.

Intizomiy jazo ustidan shikoyat qilish mumkinmi? Albatta, mumkin siz g‘ayriqonuniy qo‘llangan intizomiy jazo ustidan hududiy mehnat inspektoriga sudga shikoyat bilan murojaat qilishingiz mumkin. Bunda MKning 560-moddasi qoidasi bo‘yicha agar intizomiy jazo siz bilan mehnat shartnomasini bekor bo‘lishiga olib kelsa, intizomiy jazo qo‘llangandan so‘ng bir oydan keyin, agar hayfsan yoki o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizigacha jarima qo‘llansa 6 oy ichida sudga murojaat qilishingiz mumkin.

 

 

Oqqo‘rg‘on tumani adliya bo‘limi

Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi

bosh maslaxatchisi                                                         B.M.Farmankulov